Yuridik universitet o‘quv yilini an’anaviy shaklda boshlamoqchi

Jamiyat

image

Yangi o‘quv yilini Toshkent davlat Yuridik universitetining yuqori kurs talabalari an’anaviy tarzda boshlashi mumkin. Bu haqda universitet rektori Rahimjon Hakimov Xalqaro press-klubda ma’lum qildi.

Rektorning aytishicha, agar vaziyat yumshasa yangi o‘quv yilida hech bo‘lmasa bitiruvchi 4-kurslar uchun an’anaviy tarzda o‘qish tarzini olib borishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Sababi 4-kurslar bir semestr o‘qib, keyin amaliyotga chiqib ketishadi. Bunda har bir xonalar uzog‘i bilan 15 kishilik qilib jihozlanadi.

“Agar vaziyat shunga imkon bersa hamda maxsus komissiya roziligi olinsa, Toshkent davlat yuridik universitetda yangi o‘quv yilida ham masofaviy, ham an’anaviy o‘qish boshlanishi mumkin”, dedi Rahimjon Hakimov.

Eslatib o‘tamiz, Oliy va o‘rta maxsus talim vaziri Inomjon Majidov ikkinchi kurs talabalari o‘quv darslarini sentyabr oyidan onlayn tarzda davom ettirishishini ma’lum qilgan. 

Agarda epidemiologik vaziyat barqarorlashmasa bu yili birinchi kursga qabul qilinadigan talabalar ham darslarni onlayn tarzda boshlashi mumkin.

Ahrorbek Hayrullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

184

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing