Yurakdan gaplashgani keldim – Mirziyoyev milliy madaniy markazlar vakillari bilan

Jamiyat

image

Bugun, 13 oktyabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Navoiy shahridagi “Farhod” madaniyat saroyida viloyatdagi milliy madaniy markazlar vakillari bilan muloqot qildi.

“Sizlarga ma’lumki, yurtimizdagi ahillik, totuvlikni mustahkamlashga alohida e’tibor berayapmiz. Buning natijasida hayotingizda nimalar o‘zgardi? Nima muammolar, qanday takliflar bor? Shular haqda sizlar bilan yurakdan gaplashgani keldim”, - dedi Piyezident.

Ko‘p millatli Navoiy viloyati – xalqlar do‘stligi va o‘zaro anglashuvining yorqin ifodasi. O‘zbek, qozoq, qoraqlpoq, tojik, rus, koreys va ko‘plab boshqa millat vakillari bir oila a’zolaridek yashab, yurtimiz rivojiga munosib hissa qo‘shib kelmoqda. Viloyatda 8 ta milliy madaniy markaz faoliyat yuritmoqda. Maktablarda o‘qitish 7 tilda yo‘lga qo‘yilgan.

Uchrashuvda qatnashgan turli millat va elat vakillari ularning o‘qib, ishlashi, madaniyatini saqlashi uchun keng sharoit yaratilganini ta’kidlashdi. O‘zlari, farzandlari erishayotgan muvaffaqiyatlarni so‘zlab berishdi. Madaniy markazlar uchun binolar ajratilgani, 30 iyul mamlakatda Xalqlar do‘stligi kuni etib belgilangani qayd etildi.

“Bugun saylovchilar bilan uchrashuvda bu qutlug‘ bayramni kelgusi yili Navoiy viloyatida katta tantana bilan nishonlash taklifini bildirdim. Shuningdek, 2022 yilda Navoiyda ko‘p millatli xalqimiz birligining ramzi sifatida Do‘stlik bog‘ini barpo etishni rejalashtirganmiz”, deydi Shavkat Mirziyoyev. 

Prezident mamlakatda yashayotgan barcha millat va elat vakillari o‘rtasida o‘zaro hurmat va hamjihatlik muhitini mustahkamlash, turli diniy konfessiyalar uchun zarur sharoitlar yaratishga qaratilgan siyosat izchil davom ettirilishini ta’kidladi.

Davlat rahbari shu bilan Navoiy viloyatiga tashrifini yakunlab, Toshkentga qaytib keldi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

27

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing