Yurak stimulyatorining rivojlanishida umidvor qadam! Olimlar inson yuragidan “baliq” yaratdi
Salomatlik
−
15 fevral 2022
11298Amerikalik olimlar inson yuragidagi ildiz hujayralari yordamida robot-baliq yaratdi. Ushbu kashfiyot yurak xastaliklarini davolashda qo‘llanilishi kutilmoqda. Bu haqda “The Guardian” nashri ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Garvard universiteti olimlari jamoasi Emori universiteti bilan hamkorlikda qog‘oz, plastik, jelatin va yurak ildiz hujayralarining ikkita chizig‘idan foydalangan holda biogibrid baliqni yaratgan. Baliq suzish qobiliyatiga ega.
Tadqiqot guruhi tomonidan e’lon qilingan videoda kichik robot baliq dumini qoqib, taxminan 20 soniya harakatlanayotganini ko‘rish mumkin. Yangi biorobot yaratish uchun olimlar yurak biofizikasidan ilhomlangan.
Tadqiqot yurak stimulyatori kabi yurak muolajalarning rivojlanishida umidvor qadamdir.
“Ushbu baliq loyihasining foydasi shundaki, biz hali ham tirik hujayralarni muhandislik substrati sifatida ishlatish mahoratini egallashga harakat qilmoqdamiz”, degan tadqiqot mualliflaridan biri Kit Parker.
Uning so‘zlariga ko‘ra, yuragida nuqson bilan tug‘ilgan bolalar uchun bu tadqiqot foydali bo‘lishi mumkin.
“Ushbu tadqiqotning asosiy maqsadi yurak ishini batafsilroq o‘rganishdir. Yangi ma’lumotlar aritmiya kabi kasalliklarni tushunishni yaxshilashga yordam beradi va oxir-oqibat sun’iy organlarning yaxshilanishiga olib keladi”, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi