Yurak qon-tomir kasalliklariga uchragan bemorlarda koronavirus og‘ir kechadimi? 

Salomatlik

image

Surunkali kasalligi bor insonlarda koronavirus qanday kechishi haqidagi savollar bugun aholi orasida ko‘plab uchramoqda. Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Barno Abdusamatova AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda bu haqida ma’lumot berdi. 

“Tashqi muhitning o‘zgarishi, aholi o‘rtasida kamharakatlilik, jismoniy va ruhiy zo‘riqish, noto‘g‘ri ovqatlanish, ratsionda hayvon yog‘lari ko‘p bo‘lgan mahsulotlarni ko‘p iste’mol qilish, chekish va spirtli ichimliklarga ruju qo‘yish bu kasallikning og‘ir o‘tishiga sabab bo‘lmoqda. Yurak-qon tomir kasalliklarining asosiy belgilari qonda xolesterin miqdorining ortib ketishi oqibatida tomir ichining torayib qolishi, qonning quyuqlashishi, to‘qimalarga qon bilan keladigan oziq moddalar va kislorod oqimining pasayishi hamda hujayralarning kislorodga bo‘lgan ehtiyojining oshib ketishi bilan namoyon bo‘ladi. Agar yurak-qon tomir kasalliklariga chalingan bemorlar koronavirus infeksiyasi bilan og‘rib, o‘pka pnevmoniyasi kuzatilganda qon quyuqlashadi va yuqorida keltirilgan kardiologik kasallik belgilari zo‘rayib ketadi. Ko‘pincha bemorlarda yurak-qon tomir kasalliklarining asoratlari oqibatida o‘lim holatlari kuzatilmoqda. Ya’ni, koronavirus yuqtirib olgan bemorlarda o‘tkir miokard infarkti, bosh miya insulti, yurak yetishmovchiligi holatlari yuzaga kelib, virus infeksiyasining og‘ir kechishiga sabab bo‘ladi”.

Shuningdek, Barno Abdusamatova koronavirus infeksiyasining mutatsiyaga uchraydigan xususiyatga ega ekanligi, ammo yangi mutatsiyaga uchragan virus o‘zini qanday ko‘rinishda bo‘lishi noma’lum ekanligini ta’kidladi. 

Lekin mutaxassislar fikricha, agar virus mutatsiyaga uchrasa u yanada yuqumli bo‘ladi va og‘ir asoratlarga olib kelishi mumkin.

Dinara Yusupova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

61

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing