Yurak faoliyatini yaxshilaydigan mahsulotlar ma’lum qilindi 

Foydali

image

My Health Reads portali mutaxassislari yurak-qon tomir tizimi faoliyatini yaxshilaydigan eng samarali mahsulotlarni aniqladi.

Ta’kidlanishicha, birinchi o‘rinda, apelsin yurak faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. U kletchatka, C vitamini, kaliy, pektin va foydali moddalarga boy. Bir stakan apelsin sharbati ortiqcha xolesterindan xalos bo‘lishga, qon bosimini tartibga solishga, yetarli miqdorda natriy olishga va ortiqcha keraksiz oqsillarni zararsizlantirishga yordam beradi. 

Bundan tashqari, Omega-3, antioksidantlar va kletchatkaga boy karam hamda sarimsoqqa e’tibor berish muhim. Ta’kidlanishicha, sarimsoq qon bosimini pasaytirish uchun javobgar va fermentlar ishlab chiqarishni rivojlantiradi. 

Bundan tashqari, mutaxassislar hujayralarni shikastlanishdan himoya qiluvchi likopin, boshqa antioksidantlar, A va C vitaminlari, foliy kislotasi va beta-karotindan iborat pomidorni iste’mol qilishni tavsiya qilgan. Likopin “yomon” xolesterinni yo‘q qilishga yordam beradi va qon bosimini tartibga solish orqali yurak xuruji xavfini kamaytiradi. 

Xurmo ham pomidor kabi yurak xuruji xavfini kamaytirishga yordam beradi, shuningdek, aterosklerozdan himoya qiladi va qondagi qand miqdorini tartibga soladi. 

Qayd etilishicha, shokolad gipertoniya xavfini kamaytiradi. Yasmiq ham shunga o‘xshash ta’sirga ega. 

Oziqlantiruvchi moddalarga boy sardina (baliq turi) iste’mol qilish yurakni mustahkamlaydi. Ularning tarkibida xolesterinni yo‘q qilishga yordam beradigan juda ko‘p miqdordagi foydali yog‘ kislotalari mavjud. 

Bodom esa kognitiv miya faoliyatini va xotirani yaxshilaydi. Bundan tashqari, u diabet va qon tomir kasalliklari xavfini kamaytiradi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

449

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing