Yunusoboddagi saylov uchastkalarida elektr energiyasi tiklandi

Jamiyat

image

Avvalroq, bugun, 22 dekabr kuni Toshkent shahar Yunusobod tumanining ayrim hududlarida elektr energiyasidan uzilish kuzatilgani, oqibatda saylov uchastkalarida ovoz berish imkoni yo‘qolgani haqida xabar bergan edik. 

Mazkur holat bo‘yicha Yunusobod tumani hokimligi quyidagilarni ma’lum qildi:

“Yunusobod tumani 13,14,15,17,19 mavzelarda joylashgan saylov uchastkalarida elektr tarmoqlarida 17 daqikali uzulishlari kuzatildi, hozirgi vaqtda tuman elektr korxonasi tomonidan barcha avariyalar bartaraf etilib saylov uchastkalari o‘z faoliyatlarini davom ettirmoqda.

Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz!”

Tuman hokimligi xabarida elektr energiyasidagi uzilish 17 daqiqa ekani aytilgan. Biroq, QALAMPIR.UZ’ga oid xabarlar uning bir soatga yaqin davom etganini tasdiqlamoqda. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

36

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing