Yunusobodda yashovchi fuqaroda o‘ta xavfli kuydirgi kasalligi aniqlandi

Salomatlik

image

Toshkent shahrining Yunusobod tumanida yashovchi fuqaroda o‘ta xavfli bo‘lgan kuydirgi kasalligi aniqlandi. Bu haqda epidemiolog Lola Umarova ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, 2021 yilda 30 nafar fuqaroda kuydirgi kasalligi gumon qilinib, shulardan 10 nafarida kasallik tasdiqlangan. 

Shuningdek, 2022 yil boshidan beri hozirgi kunga qadar 10 nafar kishida kuydirgi kasalligi gumon qilinib, bir nafari, Toshkent shahri Yunusobod tumanida yashovchi fuqaroda kasallik tasdiqlangan.

Ma’lumot o‘rnida, kuydirgi o‘ta xavfli kasallik bo‘lib, asosan yirik va mayda shoxli chorva mollari, qoramollar, qo‘y, echki, ot, tuya va odamlarda uchraydi. 

Kuydirgi kasalligi hayvonlardan hayvonlarga, ulardan odamlarga yuqadi. Lekin kasallik odamdan odamga yuqmaydi. 

Odamga kasallik hayvonlardan, xususan, hayvonni so‘yish, go‘shtini nimtalash vaqtida, shuningdek, suv, tuproq, chorvachilik mahsulotlari orqali yuqadi. 

Odatda, kasallik shu soha xodimlarida, ya’ni hayvonlar bilan bevosita muloqotda bo‘ladigan kishilarda ko‘proq kuzatiladi. Infeksiya sog‘lom odam organizmiga nafas yo‘llari, teri va og‘iz orqali tushishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

734

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing