Yunusobodda elektr tarmoqlari korxonasining soxta xodimlari ushlandi
3-sahifa
−
15 iyun 2022
4138Toshkent shahri Yunusobod tumanida elektr tarmoqlari korxonasi (ETK)ning ikki nafar soxta xodimi ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, o‘zlarini Yunusobod tumani ETK xodimlari deb tanishtirgan M.Yu. va D.K. mazkur tumanda joylashgan 4-mavze 54-uydagi xonadonning elektr hisoblagichi (tamg‘alari buzilmagan) go‘yoki noto‘g‘ri ulanganini ro‘kach qilib, shu bo‘yicha tarmoqdan uzish haqida tuzilgan dalolatnomani ro‘yxatdan o‘tkazmasligini aytgan.
Mazkur “yaxshiligi” evaziga esa xonadon egasi A.dan 200 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Bundan tashqari, Yunusobod tumani ETK ASKUE xodimi X.M. fuqaro M.Yu.ga 22-sonli soxta guvohnomani yasab bergani aniqlangan.
Xabarga ko‘ra, mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
LiveBarchasi