Yunusobodda 53 yoshli ayol singlisini o‘ldirish uchun qotil yolladi

3-sahifa

image

Yunusobodda yashovchi 53 yoshli F. ismli ayol singlisini o‘ldirish uchun qotil yollashga harakat qilgan. Bu haqda “Markaziy studiya” dasturida xabar berildi. 

Ma’lum bo‘lishicha, singlisi opasi F.ni begona erkak bilan shaxsiy munosabatda bo‘lmasligi haqida ogohlantirgan. Bundan g‘azablangan fuqaro singlisini o‘ldirish uchun tanishidan yordam so‘ragan.

Ammo bu tanish ayol tegishli organlarga murojaat qilib, bir jinoyatni oldini olgan. Uning aytishicha, F. ismli ayol singlisini o‘ldirish uchun kuchi yetmayotganini bildirib agar bu ishni bajarib bersa, xizmat haqi sifatida singlisining tilla buyumlarini berishni va’da qilgan. 

Singil esa sud jarayonida opasini kechirganini aytib, unga yengilroq jazo berishlarini so‘ragan.  

Sudlanuvchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, Jinoyat kodeksining 57 (Yengilroq jazo tayinlash), 25 (Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish va jinoyat sodir etishga suiqasd qilish) 1-qismi  hamda 97 modda  (Qasddan odam o‘ldirish) 1-qismi  bilan aybdor deb topilgan va 8 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Dinara Yusupova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

615

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing