Yunusobod hokimi koronavirusga chalindi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Toshkent shahar Yunusobod tumani hokimi Jahongir Ibrohimov koronavirusga chalindi. Bu haqda tuman hokimligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

“Yunusobod tuman hokimi Jahongir Ibrohimovda COVID-19 aniqlangani bois, haftaning har juma kuni fuqarolar uchun tashkil etiladigan sayyor qabulni ma’lum muddat tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Amir Muhitdinov o‘tkazadi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Jahongir Ibrohimov Yunusobod tumaniga joriy yilning yanvar oyida hokim etib tayinlangandi.

Jahongir Bahodirovich Ibrohimov 1982 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan. 2006 yilda Toshkent arxitektura-qurilish institutini tamomlagan.

U 2017-2020 yillarda Sirdaryo viloyati hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, 2020-2021 yillarda Toshkent shahar Bektemir tumani hokimi sifatida ishlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

128

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing