Yunon-Baqtriya tarixi muzeyi qurilishi boshlandi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda Yunon-Baqtriya tarixiga oid muzey tashkil qilinmoqda. Muzey tarixiy manbalar asosida Surxondaryo viloyatida barpo etiladi. Kecha, 5 iyul kuni viloyat Turizm va madaniy meros boshqarmasi, Boysun tumani hokimligi va tuman kadastr bo‘limi xodimlaridan iborat ishchi guruh Yunon-Baqtriya tarixi muzeyini tashkil etish bo‘yicha dastlabki ishlarni boshladi.

Ma’lumotda keltirilishicha, muzey uchun ajratilgan joylarning koordinatlari aniqlanib, hudud xaritasiga kiritilgan. 21x14 metr maydonda muzey loyihasini tuzish bo‘yicha kelishib olingan. 

Shuningdek, Surxondaryo viloyati Turizm va madaniy meros boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Zebuniso Alimardonovaning ta’kidlashicha, tashkil etilayotgan muzey bilan bir qatorda Sayrob  qishlog‘ida turizm infratuzilmasini yaxshilash va boshqa xizmat ko‘rsatish turlarini joriy etish bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.

Muhayyoxon Habibullayeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

67

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing