“United” va “Arsenal” “Napoli” hujumchisi uchun kurashadi

Sport

image

Angliyaning “Manchester Yunayted” jamoasi “Napoli” hujumchisi Viktor Osimxenning transferi uchun kurashda yetakchilik qilmoqda. Bu haqda “Corriere dello Sport” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, nigeriyalik futbolchining transferi bo‘yicha “Manchester Yunayted”ning asosiy raqibi Londonning “Arsenal” jamoasi hisoblanadi. “Arsenal”ning kelasi mavsum Yevropa Chempionlar ligasida o‘ynash imkoniyati katta. “Qizil iblislar” esa YeCHL yo‘llanmasidan deyarli quruq qolib bo‘ldi. Shu sababli Osimxen “kanonirlar” variantini ma’qul ko‘rishi ham mumkin

Viktor Osimxen 2020 yil 1 sentyabrdan beri “Napoli” safida to‘p suradi. Uning klub bilan shartnomasi 2025 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.

“Transfermarkt” ma’lumotlariga ko‘ra, Osimxenning hozirgi bozor qiymati 60 mln yevroni tashkil qiladi.

Ma’lumot o‘rnida, joriy mavsumda Viktor Osimxen “Napoli” safida 28 ta o‘yinda maydonga tushib, 16 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

 

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

4

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing