“Yunayted” Ronaldusiz ketma-ket uchinchi o‘yinda g‘alaba qozondi
Sport
−
19 iyul 2022 5344 1 daqiqa
Bugun, 19 iyul kuni “Manchester Yunayted” va “Kristal Pelas” o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdi. “Melburn Kriket stadioni”da bo‘lib o‘tgan bahs Erik ten Xag jamoasining 3:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Qayd etish joizki, bu “Manchester Yunayted”ning hujumchi Krishtianu Ronaldusiz uchinchi o‘yinidir. Portugaliyalik futbolchi “qizil iblislar” bilan Avstraliya yig‘iniga uchmagan edi. Krishtianusiz mankunianliklar barcha o‘rtoqlik o‘yinida g‘alaba qozondi. To‘plar nisbati ham “Yunayted” foydasiga 11:2 ni tashkil qildi.
“Kristal Pelas”dan oldin, “Manchester Yunayted” “Liverpul” va “Melburn Viktori” klublarini ishonchli tarzda mag‘lubiyatga uchratgan edi.
Ma’lumot o‘rnida, “Manchester Yunayted” navbatdagi o‘rtoqlik uchrashuvini 23 iyul kuni "Aston Villa"ga qarshi o‘tkazadi.
Ma’ruf Abdumalikov
Live
BarchasiIspaniya migrantlarni Seutani tark etishga majbur qilish uchun ularni suv va o‘tsiz qoldirmoqda
17:40
Toshkentdagi o‘pirilib tushgan yo‘l o‘tkazgich qurilishida 7,4 mlrd so‘m yeb yuborilgani ayon bo‘ldi
17:28