“Yunayted” Ronalduni sotishga tayyor

Sport

image

Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi hujumchi Krishtianu Ronaldu yozda jamoani tark etishni istasa, uni olib qolishga harakat qilmaydi. Bu haqda “The Sun” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, “Manchester Yunayted” rahbariyati Ronalduning irodasiga qarshi chiqib, uni klubda ushlab tura olmasliklarini anglab yetgan. “Yunayted” rasmiylari uzoq davom etadigan mojarolarga aralashib qolishni istamaydi. 

“Qizil iblislar”ning yangi bosh murabbiyi Erik ten Xag klubning kelajagini Ronaldusiz rejalashtirish kerakligini tushundi. Sababi 37 yoshli futbolchining atrofiga jamoa quriladigan bo‘lsa, bu uzoq muddatli reja bo‘lmaydi. Shuning uchun ten Xag “Yunayted” tarixidagi yangi sahifani yosh yulduzlar bilan ochgan ma’qul, deb hisoblamoqda.

Qayd etish joizki, Ronaldu joriy yilning 4 va 5 iyul kunlari “Manchester Yunayted” mashg‘ulotlariga kelmadi. Portugaliyalik futbolchi bu vaziyatni oilaviy sharoit bilan izohlaganiga qaramasdan, dunyo matbuoti uning Manchester klubini tark etishi haqida yozmoqda.

O‘tgan mavsumda “Manchester Yunayted” Angliya Premer ligasida oltinchi o‘rinni egalladi. Natijada klub Yevropa Chempionlar ligasi yo‘llanmasidan quruq qoldi. Kelasi mavsumda “qizil iblislar” ikkinchi darajali musobaqa bo‘lmish Evropa Ligasida ishtirok etadi. Ronaldu esa faoliyati davomida bir marta ham ushbu turnirda qatnashmagan va u futboldan ketguniga qadar YeCHLda o‘ynashni maqsad qilgan. 

Ma’lumot uchun, Ronaldu o‘tgan mavsumda “qizil iblislar” safida 38 ta o‘yinda maydonga tushib, 24 ta gol urishga erishgan. "Transfermarkt" portali portugaliyalik iqtidor egasini 35 million yevroga baholamoqda.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

34

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing