“United” Ronalduni sotib olmasligi kerak edi – Karrager

Sport

image

“Manchester United” Krishtianu Ronalduni sotib olmasligi kerak edi. Bu haqda “Sky Sports” telekanali efirida “Liverpul”ning sobiq futbolchisi Jeymi Karrager aytib o‘tgan.

“Manchester Yunayted” Ronalduni sotib olgani men uchun doim muammo bo‘lib tuyuladi. Dunyoning eng yirik klublaridan biri 37 yoshli futbolchini sotib olmasligi kerak. Men har doim Ronalduni ushlab qolishlari shart emas, degan fikrda bo‘lganman. Hozir esa klubda juda ko‘p muammolar bor: ularga yarim himoyachi va markaziy himoyachi kerak. Bu mavsumda Ronaldu o‘ynamasa yoki almashtirilsa, bu katta voqeaga aylanganini ko‘rdik”, degan angliyalik sobiq futbolchi.

Karragerning qo‘shimcha qilishicha, “Manchester Yunayted” Erling Xoland bilan shartnoma imzolashi kerak edi. Biroq Xolandni “qizil iblislar”ning ashaddiy raqibi “Manchester Siti” ilib ketdi.

Shuningdek, Jeymining so‘zlariga ko‘ra, “Manchester Yunayted” Krishtianu Ronalduni qaytarib olib, o‘zini kichik klubdek tutdi.

“Yunayted” yangi hujumchilar bilan shartnoma imzoladi deylik. Ular o‘ynaydimi yoki Ronalduga o‘rinbosar bo‘ladimi? Tasavvur qiling? Siz “qizil iblislar”ning yangi bosh murabbiyisiz Ronalduni jamoada olib qolarmidingiz? Misol uchun “Liverpul" Suaresni qaytarib olarmidi? Men bunday deb o‘ylamayman. “Yunayted” Xolandni qo‘lga kiritishi kerak edi, ammo "Manchester Siti" Xolandni ilib ketmoqda."Manchester Yunayted" kichik klubga o‘xshaydi”, degan “Liverpul”ning sobiq himoyachisi.

Avvalroq Krishtianu Ronaldu Jeymi Karrager va Ueyn Runini hasadgo‘ylar deb atagan edi. Sababi Karrager va Runi Ronalduning manziliga tanqidlar yog‘dirish bilan mashhur.

 

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

58

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing