“United” de Yong transferini hal qilishga yaqin – manba

Sport

image

Ispaniyaning "Barselona" va Angliyaning "Manchester United" klublari niderlandiyalik yarim himoyachi Frenki de Yongning transferi bo‘yicha kelishuvga erishishga yaqin turibdi. Bu haqda “Diario Sport” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, yaqinda o‘tkazilgan muzokaralar natijasida, klublar yarim himoyachini taxminan 80 million yevroga transfer qilish borasida deyarli kelishib olishgan.

25 yoshli futbolchining transferi “Manchester United” bosh murabbiyi Erik ten Xag uchun asosiy masaladir. Qayd etish joizki, Frenki dastlab "Barselona"da qolmoqchi edi, lekin "ko‘k anorrangliar" uni qo‘yib yuborishga tayyorligini anglab etgach, fikrini o‘zgartigan. Biroq hamon yakuniy qarorni chiqarish futbolchining o‘ziga bog‘liq.

Avvalroq, “qizil iblislar” Frenkini 50 million yevroga sotib olishiga ishonayotgani to‘g‘risida xabar bergan edik.

Eslatib o‘tamiz, de Yong 2019 yilda “Ayaks”dan “Barselona”ga o‘tgan edi. Niderlandiyalik yarim himoyachi o‘tgan mavsumda “ko‘k anorranglilar” safida La Liganing 30 ta o‘yinida maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. “Transfermarkt” portali 24 yoshli futbolchini 70 million yevroga baholamoqda.

 

Ma’ruf Abdumalikov

 

 


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

16

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing