Yo‘lovchilar chiqib ulgurmasidan eshikni yopgan avtobus haydovchisi ishdan bo‘shatildi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda 1 fevral Toshkent shahrida 52-sonli avtobus haydovchisi avtobusni qo‘pol ravishda boshqarishi oqibatida yo‘lovchi ayol va uning qizi tan jarohati olgani haqida xabar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan “Toshshahartransxizmat” kompaniyasi munosabat bildirdi. 

Ma’lum qilinishicha, haydovchi yo‘lovchi tashish qoidalarini buzgan, o‘ziga biriktirilgan avtobusni ehtiyotsizlik bilan boshqarib, yo‘lovchilar avtobusga chiqib bo‘lmasidan avtobus eshiklarini yopgan.

Oqibatda 2 nafar yo‘lovchi (ayol va uning qizi) tan jarohati olgan. O‘zining xizmat vazifasini suiiste’mol qilgani uchun haydovchi A.A. bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan.

"Yuqoridagi kabi holatlar kuzatilgan taqdirda 1062 ishonch telefoni yoki ATTO mobil ilovasi orqali murojaat qiling", deb eslatilgan ushbu xabarda.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing