Yo‘lovchi hech qanday sababsiz konduktorni urib o‘ldirdi
Olam
−
02 Oktabr 2019
6412Kecha, Rossiya Federatsiyasining Vladivostok shahrida yo‘lovchi hujumidan keyin tramavay konduktori vafot etdi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
Hodisa shaharning Saxalin ko‘chasidagi so‘nggi bekatda yuz bergan. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, tramvayni tark etgan oxirgi yerkak 54 yoshli ayolni boshiga bir necha bor temir qosqon bilan urgan va keyin voqea joyidan qochib qolgan.
Ichki ishlar vazirligi viloyat boshqarmasi vakilining so‘zlariga ko‘ra, yo‘lovchi konduktorni "biron bir sababsiz" o‘ldirgan. Jinoyatchini qo‘lga olishda xizmat iti yordam berdi. Jinoyatchi 39 yoshli mahalliy fuqaro ekani aniqlandi. Ushbu holat bo‘yicha "Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish, jabrlanuvchining ehtiyotsizlik oqibatida vafot etishi" moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, marhuma o‘g‘li va nevarasi bilan birga yashagan. Ayol ishlagan "Elektr transporti" OAJ korxonasi uning oilasiga barcha zarur yordamlarni ko‘rsatdi.
LiveBarchasi