Yo‘llarning nosozligi va “prava”siz haydovchi 17 yoshli qizning o‘limiga sabab bo‘ldi

3-sahifa

image

Surxondaryoda haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan haydovchi Nexia rusumli avtomobil boshqaruvini yo‘qotib jarlikka tushib ketdi. Yo‘l-transport hodisasi oqibatida 17 yoshli qiz vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xabar bermoqda. 

Qayd etilishicha, yo‘l-transport hodisasi Boysun tumani hududidan o‘tgan 4-K 105 avtomobil yo‘lining 6-kilometrida sodir bo‘lgan. 

Nexia rusumli avtomobil haydovchisi ushbu yo‘lning xavfli burilish qismidan o‘tganidan keyin boshqaruvni yo‘qotib, 6 metr chamasidagi chuqurlikka tushib ketgan. Ushbu hodisa oqibatida 17 yoshli qiz voqea joyida vafot etgan. 

Aniqlanishicha, mazkur YTH yo‘lning xavfli burilish qismidagi ko‘prik yo‘lining torligi, yo‘lning chetidagi to‘siqlarning kamligi sababli sodir bo‘lgan.

Diyora Abdurahmonova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

277

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing