“Yo‘lqurilish” aksiyadorlik jamiyatiga yangi rais tayinlandi

Jamiyat

image

“Yo‘lqurilish” aksiyadorlik jamiyatiga yangi rahbar tayinlandi va jamiyatning kuzatuv kengashi tarkibi tasdiqlandi. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi xabar berdi.

“Yo‘lqurilish” AJ yagona aksiyadorining kecha, 11 sentyabrdagi qarori bilan Ruslan Muptullayevich Yerniyazov mazkur jamiyat boshqaruv raisi etib tayinlandi. 

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Preziyedntining 2019 yil dekabrdagi tegishli hujjatiga ko‘ra, “Yo‘lqurilish” aksiyadorlik jamiyati tashkil etilishi belgilangan. Shunga muvofiq, joriy yil Davlat aktivlarini boshqarish agentligining tegishli buyrug‘iga asosan, “Yo‘lqurilish” AJ tashkil etilgan. Uning yagona aksiyadori sifatida Davlat aktivlarini boshqarish agentligi belgilangan. 

Shuningdek, yagona aksiyadorning qarori bilan jamiyat kuzatuv kengashi tarkibi ham tasdiqlandi:

Sunnatulla Husanovich Bekenov – Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori;

Shuhrat Baxtiyorovich Nazarov – Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari;

Nozimjon Qosimovich Xolmurodov – Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining o‘rinbosari;

Akmal Jurabayevich Abidov – Vazirlar Mahkamasi bosh mutaxassisi;

Nodir Shodiyevich Arzikulov – Davlat aktivlarini boshqarish agentligi departament boshlig‘i.

Ushbu tarkibda tasdiqlangan kuzatuv kengashining birinchi majlisida a’zolarning ko‘pchilik ovozi bilan kengash raisi etib, Sunnatulla Bekenov saylandi.


Maqola muallifi

Teglar

Yo'lqurilish Ruslan Erniyazov

Baholaganlar

121

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar