Yulduz Usmonova Janubiy Koreyadagi klinikaga ketdi

Madaniyat-san’at

image

O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova Janubiy Koreyaga yo‘l oldi. Bu haqda uning o‘zi ijtimoiy tarmoqlar orqali xabar bergan. 

Yulduz Usmonova Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportining CIP kutish zalidan videomurojaat yo‘llarkan, turmush o‘rtog‘i Mansur Agaliyev bilan o‘zini tekshirtirgani Koreyadagi klinikaga yo‘l olganini aytadi. Usmonova qanday sabab bilan klinikaga murojaat qilganini ochiqlamagan. Shunchaki, o‘zini tekshirtirgani ketayotganini aytgan, xolos. 

Usmonovaga ko‘ra, Koreyadagi u borayotgan klinika sifatli va Yevropadagi tibbiyot muassasalariga qaraganda narxi ham cho‘ntakbop. 

QALAMPIR.UZ`ning aniqlashicha Yulduz Usmonova Koreya poytaxti Seul shahrida joylashgan “BIO Plastic Surgery” – plastik jarrohlik klinikasiga murojaat qilgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Yulduz Usmonova

Baholaganlar

712

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing