Yo‘l patrul xizmati xodimining o‘zi yo‘l qoidasini buzdi

Jamiyat

image

Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida xizmat uchun biriktirilgan yo‘l patrul avtomashinasi piyodalar yo‘lagini to‘sib qo‘ygani haqidagi xabar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 20 yanvar kuni Farg‘ona viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati YPX otryadi komandir o‘rinbosari mayor o‘ziga biriktirilgan Tracker rusumli avtomashinani Qo‘qon shahar Alisher Navoiy ko‘chasida yo‘l harakati qoidalarining 91-bandini buzib, piyodalar o‘tish joyida qoldirgan.

Ushbu holat yuzasidan mayorga nisbatan shu kunning o‘zida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128-moddasi prim 6-moddasi 1-qismiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida (600 000 ming so‘m) jarimaga tortilgan.

Ozoda Choriyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing