Yo‘l chetiga tashlab ketilgan yuk mashinasidan 46 kishining jasadi chiqdi

Olam

image
0:00
0:00
download

San-Antonioda (AQSH, Texas) tashlab ketilgan yuk mashinasi ichidan 46 nafar muhojirning jasadi topildi, yana 16 kishi, jumladan, to‘rt nafar bola shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda BBC xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, o‘nlab  jasadlar bo‘lgan furgon shahar chetidagi temir yo‘l yaqinidan topilgan. Kecha, 27 iyun kuni San-Antonioda havo harorati Selsiy bo‘yicha 39,4 darajaga yetgan. Shu sabab yuk mashinasi ichidagilar suvsizlik va issiq urishidan aziyat chekkan. 

San-Antonio Yong‘in xavfsizligi xizmati boshlig‘i Charlz Hudning aytishicha, qutqaruvchilar odam o‘limi haqidagi xabar kelib tushgach, voqea joyiga mahalliy vaqt bilan soat 18:00 atrofida yetib kelishgan.

Yong‘in xavfsizligi xizmati xodimlari yonida jasad yotgan treylerni aniqlashgan. Ular eshikni ochishganida ichkarida yana ko‘plab jasadlarni ko‘rishgan. Uning qo‘shimcha qilishicha, yuk mashinasida konditsioner ishlamagan va treyler ichkarisida suv bo‘lmagan.

Qurbonlarning millati rasman aytilmagan, biroq Meksika konsulligi vakillari voqea joyiga jo‘nab ketgan.

Ma’lumot o‘rnida, Amerika-Meksika chegarasidan 250 kilommetr ichkarida joylashgan San-Antonio kontrabandachilar tranzit marshrutining asosiy punktlaridan sanaladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1792

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing