Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi Media markazi ishga tushdi

Jamiyat

image

Bugun, 1 fevral kuni Toshkentning “Xalqlar do‘stligi” saroyi oldida O‘zbekiston Respublikasi IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasining xizmatda foydalanish uchun topshirilgan 138 ta xizmat avtomobillari topshirildi. 

Shuningdek, shu kuni IIV YHX Bosh boshqarmasi “Multimedia markazi”ning ochilish marosimi  o‘tkazildi. 

Davlat Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati tomonidan tizimdagi o‘zgarishlarniOAV larida xolis va professional tarzda yoritishni ta’minlash rejalashtirilmoqda. Multimedia markazi zamonaviy texnologiyalar va kreativ yondashuvlardan foydalangan holda axborot-tahliliy media materiallarni tayyorlaydi. Jumladan, bu yerda audio va videoroliklar, teleko‘rsatuv va radio eshittirishlar, ijtimoiy reklamalar, voqea joyidan reportajlar tayyorlanib, efirga, shuningdek, internet tarmog‘iga uzatiladi. Har bir media materialning dolzarbligi, huquqiy jarayonlar va davr talabiga mosligi hamda yuqori saviyada bo‘lishi talab etiladi.

Eslatib o‘tamiz, 2020 yilning 1 yanvaridan boshlab Yo‘l-patrul xizmati xodimlari bodi-kameralar bilan faoliyat yuritishni boshladi. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

79

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing