“Yuksalish” umummilliy harakatiga yangi rais saylandi
Jamiyat
−
27 iyul 2020
6265Bugun, 27 iyul kuni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyeva boshchiligidagi “Yuksalish” umummilliy harakati ta’sischilari yig‘ilishida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari orasidan yangi rais saylandi.
Unga ko‘ra, Parlament quyi palatasining Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi a’zosi Bobur Bekmurodov Harakat raisi bo‘ldi.
Bobur Bekmurodov 1985 yil 5 yanvarda Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanida tug‘ilgan. U O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Toshkent moliya institutini tamomlagan. 2005—2006 yillarda AQSHning O‘zbekistondagi “Partnership for Academic development” (“Akademik rivojlanish bo‘yicha hamkorlik”) dasturi tinglovchisi, 2018 yilda “The John Smith Trust” (Buyuk Britaniya) menedjment dasturi tinglovchisi bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, tashkilotning avvalgi rahbari Akmal Burhonov Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori vaziyasiga o‘tkazilgandan keyin bu lavozim bo‘shab qolgandi.
LiveBarchasi