Yuqorichirchiqda kuchli yomg‘ir yog‘ishi oqibatida 25 ta uyni suv bosdi

Jamiyat

image

Toshkent viloyati Yuqorichirchiq tumanida kuchli yog‘ingarchilik kuzatildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lum qildi. 

Ta’kidlanishicha, kecha, 14 may kuni taxminan soat 18:20 atrofida Toshkent viloyati hududi bo‘ylab qisqa muddatda kuchli yomg‘ir yog‘ishi natijasida viloyatning Yuqorichirchiq tumani “Navbahor” MFY hududidan oqib o‘tuvchi “Yayilmasoy” soyi o‘zanida yomg‘ir suvlari toshishi sodir bo‘lgan. Oqibatda, Obod turmush ko‘chasida joylashgan taxminan 25 ta aholi xonadoni, tomorqa yer maydonlariga suv kirishi kuzatilgan.  

Sodir bo‘lgan hodisa oqibatlarini bartaraf etish ishlariga viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda uning hududiy bo‘limi, Yuqorichirchiq tumani Favqulodda vaziyatlarda Davlat tizimiga kiruvchi korxona va tashkilotlarning kuch vositalari jalb etilib, aholi xonadonlarida suv tortish ishlari olib borilgan. Hozirda toshqin suvlari talafotlari bartaraf etilgan. 

Yuzaga kelgan hodisa oqibatida “Navbahor” mahallasi Obod turmush ko‘chasi hududidagi poydevorga ega bo‘lmagan xom g‘ishtdan qurilgan xonadon binosiga zarar yetgan. 

Mazkur holat oqibatida fuqarolarning tan jarohati olishi va uy hayvonlari nobud bo‘lishi to‘g‘risida ma’lumotlar kelib tushmagan.


Maqola muallifi

Teglar

yomg'ir Yuqorichirchiq

Baholaganlar

106

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing