Yuqori Chirchiq hokimining mashinasi urib yuborgan 16 yoshli qiz vafot etdi
3-sahifa
−
23 avgust 2021
10823Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani hokimiga tegishli mashina 16 yoshli qizni urib yubordi. Yo‘l-transport hodisasi oqibatida qiz shifoxonaga olib ketilayotganda vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, joriy yilning 20 avgust kuni 27 yoshli haydovchi U.A. Captiva rusumli avtomobilida 2005 yilda tug‘ilgan qizni urib yuborgan. Qiz YTH oqibatida olgan jarohatlari tufayli tuman markaziy shifoxonasiga olib ketilayotgan vaqtda vafot etgan.
Ma’lum qilinishicha, Bosh prokuratura U.A. Yuqori Chirchiq tumani hokimining haydovchisi ekanini tasdiqlagan.
Hozirda mazkur Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Yuqori Chirchiq tumani IIB tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi