Avtokran daryoga quladi

Olam

image

Bugun, 5 oktyabr kuni ertalab avtokran Fontanka daryosi qirg‘og‘idagi to‘siqni sindirib suvga quladi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.
Avtohalokat Sankt-Peterburgning markazidagi Nevskiy prospekti bilan kesishgan joyda sodir bo‘ldi Jarohat olganlar yo‘q. 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bugun, 5 oktyabr kuni, Toshkent vaqti bilan soat 09:00 atrofida Sankt-Peterburgda, Fontanka qirg‘og‘idagi 44-uyda,  avtokraning haydovchisi oynani sozlash uchun chiqqanida, mashinani qo‘l tormoziga qo‘ymagan, natijada u suvga tushib ketgan.

Baxtsiz hodisa natijasida hech kim halok bo‘lmagan. . 

Favqulodda vaziyatlar vazirligi qulagan transport vositasini daryodan olib chiqish uchun avariya joyiga kranni yetkazib berishni tashkil qilmoqda.
 


Maqola muallifi

Teglar

Yuk mashinasi krani daryoga quladi

Baholaganlar

83

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar