Yo‘qchilik sabab qizini sotayotgan ayol 3 yilga qamaldi
3-sahifa
−
07 dekabr 2022
6032Sirdaryo viloyatida ayol voyaga yetmagan qizini tanishiga 5 mln 700 ming so‘m evaziga sotdi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Guliston shahrida ayol o‘zi bilan birga istiqomat qiluvchi voyaga yetmagan qiz farzandini tanishiga 5 700 000 ming so‘m evaziga sotib yuborgan. Sudlanuvchi sud majlisida farzandini sotish maqsadi bo‘lmagani, uni moddiy qiyinchilik bunga majbur qilganini aytgan.
Shuningdek, u dorixonalardan hamda farzandining enagasidan qarzdor bo‘lib qolgani sababli, ushbu qarzlarni qoplab berish evaziga farzandini sotishga majbur bo‘lganini ma’lum qilgan.
Ayolga nisbatan sud tomonidan Jinoyat kodeksning tegishli bandi bilan 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan
LiveBarchasi