Yuk avtomobili balonlari ostiga yiqilib tushgan 11 yoshli bola halok bo‘ldi (video)

3-sahifa

image

Kecha, 21 oktyabr kuni Toshkent viloyatida 11 yoshli bola HOWO rusumli yuk avtomobilining g‘ildiraklari ostiga kirib ketdi. Bu haqda viloyat IIBB Matbuot xizmati QALAMPIR.UZ’ga xabar berdi. 

Qayd etilishicha, voqea soat taxminan 11:00 atrofida Yangiyo‘l tumani hududidan o‘tgan M34 “Toshkent-Dushanbe” avtomobil yo‘lining 27-kilometrida sodir bo‘lgan. 

Xabarga ko‘ra, 2010 yilda tug‘ilgan velosipedchi harakatlanib ketayotgan vaqtida ehtiyotsizlik sabab shu yo‘nalishda harakatlanib ketayotgan 1963 yilda tug‘ilgan haydovchi U. X. boshqaruvidagi HOWO rusumli yuk avtomobilining orqa g‘ildiraklari ostida yiqilib tushgan.

YTH oqibatida 2010 yilda tug‘ilgan Yangiyo‘l tumanida istiqomat qiluvchi bola voqea joyida vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

360

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing