Yubileyli Kia Sonet: ADM Jizzakh konveyeridan 10000 chi avtomobil chiqarildi

Biznes

image

2025 yil 23 yanvarda ADM Jizzakh avtomobil zavodi muhim ishlab chiqarish bosqichiga erishdi – Kia Sonet'ning 10 minginchi avtomobilini ishlab chiqardi. Ushbu bosqich 2024 yilda O‘zbekistonda Kia avtomobillari orasida sotuvlar bo‘yicha yetakchiga aylangan va mahalliy iste’molchilar ishonchini qozongan modelning yuqori mashhurligini namoyish etadi.

ADM Jizzakh – O‘zbekistonda xususiy investitsiyalar asosida tashkil etilgan birinchi avtomobil zavodi. Aynan Kia Sonet krossoveri mamlakatda to‘liq texnologik sikl (CKD), jumladan, payvandlash, bo‘yash va kuzovlarni yig‘ish bo‘yicha ishlab chiqarilgan birinchi Kia modeli bo‘lgani korxonaga alohida ahamiyat kasb etadi. Sonet avtomobillarini ishlab chiqarish 2024 yil mart oyida ishga tushirilgan va yig‘uv ishlab chiqarish boshlanganidan beri modelning mahalliylashtirilganlik darajasi 30 foizni tashkil etdi.

Muvaffaqiyat sari yo‘l

2024 yil iyul oyida Kia Sonet avtomobilining ishlab chiqarilishi zavod uchun burilish nuqtasi bo‘ldi.

Keyingi olti oy davomida avtomobil ishlab chiqarish hajmi o‘sib borayotgan talab va iste’molchilarning yuqori ishonchi tufayli 10 barobarga oshdi.

Kia Sonet o‘zida zamonaviy dizayn, tejamkorlik va ko‘plab opsiyalarni uyg‘unlashtirgan. Mazkur sifatlar modelni ishonchliligi va funksionalligini qayd etgan holda shahar hayoti va sayohatlar uchun umumiy yechimga aylantirdi.

ADM Jizzakh kompaniyasining O‘zbekiston avtomobilsozlik sanoatidagi o‘rni

ADM Jizzakh zavodi O‘zbekistonda Kia kompaniyasining rasmiy distribyutori bo‘lgan ADM Global kompaniyalar guruhining bir qismi hisoblanadi. Zavod faoliyati Kia Corporation bilan strategik hamkorlik tufayli yo‘lga qo‘yildi. Ushbu alyans milliy iqtisodiyotni rivojlantirish, ish o‘rinlarini yaratish va O‘zbekistonning mintaqaviy avtomobil bozoridagi o‘rnini mustahkamlashga xizmat qiladi. Ayni paytda zavodda 3000 dan ortiq ishchi-xodimlar mehnat qilmoqda.

10 minginchi Kia Sonet'ning ishlab chiqarilishi nafaqat iste’molchilarning O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan avtomobillar sifatiga bo‘lgan ishonchini, balki ichki va mintaqaviy bozor ehtiyojlarini qondirishda mahalliy ishlab chiqarishning ahamiyatini ham anglatadi.
ADM Jizzakh yangi sifat va texnologik standartlarni yaratish orqali milliy avtomobil sanoatini rivojlantirishga hissa qo‘shishda davom etmoqda.

O‘zbekistonda Kia avtomobil brendi rasmiy distribyutori bo‘lgan ADM Global kompaniyalar guruhi tomonidan taqdim etilgan Kia avtomobillarining xususiyatlari, mavjud komplektatsiyalari va narxlari bilan kia.uz saytida tanishish mumkin.

Telefon: (+998) 55−500−83−33

Sayt | Facebook | Instagram | Telegram | YouTube

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing