YPX xodimlarining ko‘krak nishoni yangilandi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Joriy yilning 1 avgustidan boshlab Ichki ishlar vazirligining Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari yangi ko‘krak nishoni bilan ish olib borishadi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Ma’lum qilinishicha, ko‘krak nishon belgisi oltin rangli, qalqon ko‘rinishida, alyuminiy metalidan tayyorlangan. Asos IIV emblemasi, hududiy kod va raqamlardan iborat.

Nishon markazida IIV emblemasi joylashtirilgan. Emblemaning yuqori va pastki qismida esa O‘zbekiston Respublikasi va Ichki ishlar vazirligi yozuvlari bor. Eng yuqori qismida 8 qirrali yulduz, yarim oy va 5 qirrali yulduz joylashtirilgan.

Qayd etilishicha, pastki qismida joylashgan ko‘krak nishon belgisining kodi: 2 xonali harf va 4 xonali raqamdan iborat.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

105

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing