YPX xodimlari qidiruvdagi 3 fuqaroni qo‘lga oldi

3-sahifa

image

Toshkent shahar yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari Sergeli, Mirzo Ulug‘bek va Bektemir tumanlarida faoliyat olib borayotgan chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining turli moddalari bilan ayblanib, qidiruvga berilgan 3 nafarni shaxsni qo‘lga oldi. Bu haqda Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi. 

Xususan, joriy yilning 12 noyabr kuni soat 15:10 larda Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumanida xizmat olib borayotgan YPX xodimi A.Xolov tomonidan Parkent ko‘chasi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan Cobalt rusumli avtomobil to‘xtatilgan. Haydovchi, 1983 yilda tug‘ilgan F.B.ning ma’lumotlari planshet moslamasi yordamida, maxsus dastur orqali tekshirilganda ushbu fuqaro O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 2-qismi bilan ayblanib, 2020 yil 9 iyul kunidan buyon qidiruvdaligi ma’lum bo‘lgan.

Tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, fuqaro F.B. Mirzo Ulug‘bek tumani IIO FMBga topshirilgan.

13 noyabr kuni soat 17:10 larda Toshkent shahar, Sergeli tumanida xizmat olib borayotgan YPX xodimlari J.Xusanov va A.Soliyevlar tomonidan piyoda, 1997 yilda tug‘ilgan U.K. to‘xtatilib, uning ma’lumotlari planshet moslamasi yordamida, maxsus dastur orqali tekshirilganda, ushbu fuqaro O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi bilan ayblanib, 2021 yil 22 sentyabr kunidan buyon qidiruvdaligi ma’lum bo‘lgan.

Tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, fuqaro U.K. Sergeli tumani IIO FMBga topshirilgan.

Shuningdek, 13 noyabr kuni soat 18:20 larda Toshkent shahar, Bektemir tumanida xizmat olib borayotgan YPX xodimlari B.Umarov va D.Tadjiqulovlar tomonidan Toshkent xalqa aylanma yo‘li ko‘chasi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan Nexia rusumli avtomobil to‘xtatilgan. Haydovchi, 1988 yilda tug‘ilgan O‘.A.ning ma’lumotlari planshet moslamasi yordamida, maxsus dastur orqali tekshirilganda, ushbu fuqaro O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 122-moddasi 1-qismi bilan ayblanib, 2020 yil 7 iyul kunidan buyon qidiruvdaligi ma’lum bo‘lgan.

Tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, fuqaro O‘.A. Bektemir tumani IIO FMBga topshirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

124

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing