YPX xodimlari 7 yildan beri qidiruvda bo‘lgan shaxsni ushladi

3-sahifa

image

2014 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan shaxs Toshkentda Yo‘l-patrul xizmati xodimlari tomonidan ko‘lga olindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, kecha, 14 fevral kuni soat 23:00 larda Chilonzor tumanida joylashgan “Erkin” YPX maskanida xizmat olib borayotgan YPX xodimlari Sh.Xikmatov va R.G‘ofurov tomonidan Toshkent viloyatidan poytaxtga kirib kelayotgan Cobalt rusumli avtomobil to‘xtatilib, tekshirilgan.  

Avtomobilning 33 yoshli haydovchisi S.A.ning ma’lumotlari planshet moslamasidagi maxsus dastur orqali tekshirilganda, fuqaro S.A. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni ko‘p miqdorda qonunga xilof ravishda sotish) bilan ayblanib, 2014 yil 8 mart kunidan buyon qidiruvda ekani ma’lum bo‘lgan.

Xabarga ko‘ra, tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, fuqaro S.A. Chilonzor tumani IIO FMBga topshirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1019

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing