Yo‘l qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyasiga boshliq tayinlandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Faxriddin Muxiddinovich Salixov Transport vazirligi huzuridagi Yo‘l qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyasining boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda Adli vazirligining “Huquqiy axborot” kanalida xabar berildi. 

Salixov sohada katta tajribaga ega mutaxassislardan biri bo‘lib, u ko‘p yillar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida faoliyat olib borgan. 

Ma’lumot o‘rnida, Inspeksiyaning asosiy vazifasi yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan yo‘l qurilishi ishlarida, yo‘l-qurilish materiallari, mahsulotlar va konstruksiyalarni ishlab chiqarishda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya etilishini nazorat qilish hisoblanadi. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Yo'l qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspektsiyasi

Baholaganlar

18

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar