Yirik narkobaronning o‘g‘li qo‘lga olindi. Jarayonda 29 kishi halok bo‘ldi

Olam

image

Meksikada narkobaron El Chaponing o‘g‘li qo‘lga olindi. Hibsga olingan Gusman-Lopes otasi asos solgan Sinaloa narkokarteli bo‘limini boshqarganlikda ayblanmoqda. Bu ishlab chiqarish, kontrabanda va giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullanadigan dunyodagi eng yirik yashirin tashkilotlardan biri hisoblanadi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Meksika Prezidenti Andres Manuel Lopes Obrador Milliy saroydagi kundalik matbuot anjumanida holat haqida ma’lumot berdi.

"10 nafar xavfsizlik xizmati xodimi halok bo‘ldi, 35 nafar askar yaralandi”, deydi Prezident.

Meksika politsiyasi harbiylar bilan birga mashhur narkobaron El Chaponing o‘g‘lini 6 yanvar kuni ertalab Sinaloa shtatining Kuliakan shahrida hibsga oldi. Hibsga olish chog‘ida sodir bo‘lgan otishmada jami 29 kishi halok bo‘ldi.

Meksika mudofaa vazirligining bayonot berishicha, maxsus operatsiyada 3586 nafar harbiy xizmatchi ishtirok etgan, to‘qnashuvlar chog‘ida 19 nafar jinoiy guruh a’zosi o‘ldirilgan va 21 nafar jinoyatchi qo‘lga olingan. 

Sinaloa gubernatori Ruben Rochaning aytishicha, shtat shaharlarida nazorat o‘rnatilgan.

Narkobaronni qo‘lga olish bo‘yicha operatsiya AQSH rasmiylari ko‘magida o‘tkazildi, hozirda jinoyatchi poytaxt Mexikodagi xavfsiz joyda saqlanmoqda.

Narkobaron hibsga olingani ma’lum bo‘lgach, shaharda tartibsizlik va otishmalar boshlandi, ko‘chalarda mashinalar yonib ketdi. Ijtimoiy tarmoqlarda yonayotgan avtobuslarning yo‘llarni to‘sib qo‘ygani aks etgan videolar tarqaldi.

Ma’lumot uchun, 2019 yilda Meksika rasmiylari Gusman-Lopesni hibsga olgandi, ammo uning tarafdorlari zo‘ravonliklarni avj oldirmasliklari uchun narkobaron qo‘yib yuborilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Meksika El Chapo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar