Yilning eng diqqatga sazovor me’moriy suratlari e’lon qilindi

Olam

image

O‘tgan hafta “Architectural Photography Awards 2022” tashkilotchilari interer, eksterer hamda landshaft yo‘nalishi bo‘yicha yilning eng yaxshi fotosuratlarini e’lon qildi. Ular o‘zida nafis geometriyani, mavhum siluetlar va qurilish ashyolarining go‘zalligini mujassam etgani bilan ajralib turmoqda. 

Fotosuratlar orasida Xitoyning Xebey provinsiyasidagi “Open Architecture” kompaniyasining “Sound” ibodatxonasi ichidagi atmosfera manzarasi, Yaponiya poytaxti Tokiodagi shisha polning badiiy tasviri va Belgiyaning Bryugge shahri yaqinidagi bino hayvon shoxlari bilan qoplangan ko‘rinishdan iborat bo‘lgan suratlari joy olgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tgan yili 42 mamlakatdan fotosuratchilar ishtirok etgan bo‘lsa, bu yil tanlov geografiyasi kengayib, 64 davlat fotograflarini jamlagan. Hakamlar hay’ati orasida Buyuk Britaniya Qirollik san’at akademiyasi arxitektura bo‘lim rahbari Viki Richardson va me’mor, marhum Zaha Hadid firmasi direktori Patrik Shumaxer ham bor edi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili fotograf Lyu Xinghao Xitoyning Chunsin shahridagi “Safdie Architects” kompaniyasining “Raffles City” majmuasi fonida dam olayotgan odamlar tasviri uchun g‘olib deb topilgan edi. Bu yilgi tanlov g‘oliblarining asarlari asl nusxasi keng jamoatchilik uchun dekabr oyida Portugaliyaning Lissabon shahrida bo‘lib o‘tadigan Butunjahon arxitektura festivalida namoyish etiladi.

Nurmuhammad Fayzullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

455

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing