Yil sarhisobi: 2022 yilda nechta jurnalist vafot etdi?
Olam
−
13 dekabr 2022
3552Joriy yilda 67 nafar jurnalist xizmat vazifasini o‘tayotganda halok bo‘lgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Xalqaro jurnalistlar federatsiyasi xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilda o‘ldirilgan va qamoqqa olingan jurnalistlar sonida “keskin o‘sish” kuzatilgan. Bu o‘tgan yilga nisbatan 47 taga ko‘p.
Ma’lumki, Ukraina Rossiya bosqini tufayli eng xavfli davlatga aylandi. U yerda o‘ldirilgan jurnalistlar va ommaviy axborot vositalari xodimlarining umumiy soni 12 nafarni tashkil qiladi.
Shuningdek, Gaitidagi zo‘ravonlik va Meksikadagi uyushgan jinoyatchilik ortidan umumiy 17 nafar jurnalist halok bo‘lgan.
“Jurnalistlar va ommaviy axborot vositalari xodimlari o‘limi sonining ortishi jiddiy tashvishga sabab bo‘lmoqda va bu butun dunyo hukumatlarini demokratiyaning asosiy ustunlaridan biri bo‘lgan jurnalistikani himoya qilish uchun chora ko‘rishga yana bir chaqiruvdir”, deydi federatsiya kotibi Antoni Bellanje.
Bundan tashqari, Xalqaro jurnalistlar federatsiyasi panjara ortidagi jurnalistlar soni haqida ham xabar berdi. Unga ko‘ra, 2022 yilda ular 10 taga ko‘payib, 375 nafarni tashkil qilmoqda. Bu ro‘yxatda Xitoy 84 nafar qamoqqa olingan jurnalist bilan birinchi o‘rinni egallagan. Ikkinchi o‘rinda – Myanma (64), uchinchi –Turkiya (51), to‘rtinchi – Eron (34) va Belarus (33) kuchli beshlikka kirgan.
Avvalroq o‘zbekistonlik ikki jurnalist ijtimoiy tarmoqlarda yozilgan posti uchun ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan savollarga tutilgani haqida xabar berilgan edi.
Ozoda Choriyeva
LiveBarchasi