Yil oxirigacha dunyoni 5 ta film premerasi kutmoqda. Ulardan biri Ukrainaga namoyish etiladi

Madaniyat-san’at

image

2022 yilning birinchi yarmi ortda qolgan bo‘lsa-da, yil oxiriga qadar kino ixlosmandlarini qator sara kinofilm premeralari kutib turibdi. Kinoixlosmandlar orasida qiziqish va e’tiborni o‘ziga hozirdanoq qaratayotgan bir nechta filmlar ro‘yxatini e’tiboringizga havola etamiz.

“Avatar: suv yo‘li” (Avatar – 2)

Jahon kinosi eng mashhur kartinalari qatorida nomi tilga olinuvchi “Terminator” va “Titanik” filmlarining rejissyori Jeyms Kemeron 2009 yilda o‘zining navbatdagi “Avatar” nomli filmi premerasini o‘tkazgan edi. Film muvvaffaqiyatlaridan ilhomlangan rejissyor “Avatar”ning navbatdagi qismlari ustida ham ish boshladi. 2017 yilda Manxattan-Bichda dastlabki suratga olish jarayonlariga start berilgan bo‘lsa,  Covid-19 pandemiyasi sabab yuzaga kelgan tanaffuslar bilan 2020 yilda suratga olish jarayonlari o‘z poyoniga yetdi. Albatta, “Avatar” kabi kompyuter grafikasiga asoslangan filmni montaj jarayonlari ham katta vaqt oladi. Premera 2022 yilning dakabr oyida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

“20th Century Studios” navbatdagi qismning syujeti haqida ham eksklyuziv ma’lumotlarni oshkor etgan. Unga ko‘ra, “Avatar”ning ikkinchi qismidagi voqealar birinchi filmdagi voqealardan o‘n yildan ko‘proq vaqt o‘tib sodir bo‘ladi. “Avatar: suv yo‘li” filmi Salli oilasi, omon qolish yo‘lidagi janglar va ular boshdan kechirgan fojialari haqida hikoya qiladi.

Yangi film byujeti birinchi filmdan biroz ko‘proq, ya’ni 250 million dollarni tashkil etgan.
 
“Qora Pantera: abadiy Vakanda”

2018 yilda premera qilingan va 1 mlrd dollardan ziyodroq daromad keltirgan “Qora Pantera” filmining navbatdagi qismi ham 2022 yilning eng kutilgan filmlaridan biri bo‘lib qolmoqda. “Marvel Studios” va “Walt Disney Studios Motion Pictures” hamkorligida suratga olinayotgan ushbu film rejissyori Rayan Kugler. U o‘zbek tomoshabinlariga tanish bo‘lgan “Krid” filmiga ham rejissyorlik qilgan edi.

Ma’lumot o‘rnida 2018 yilda namoyish etilgan “Qora Pantera” filmida bosh qahramon rolini ijro etgan Chedvik Bouzman bundan ikki yil avval vafot etgan. Ehtimol shu sababli Qora Panteraning navbatdagi qismida bosh rollarni aktrisalar Lupita Niongo, Danay Gurira, Martin Frimen ijro etgan.

“Qora Pantera: abadiy Vakanda” filmi premerasi 2022 yil 11 noyabrga rejalashtirilgan.

“Oy guli qotillari”

O‘zbek kino ixlosmandlariga “La’natlangan orol”, “Komediya qiroli”, “Aviator” va “Irlandiyalik” kabi filmlari bilan yaxshi tanish bo‘lgan rejissyor Martin Skorsezenig yangi filmida bosh rollarni Robert De Niro va Leonardo Di Kapriolar ijro etadi. Qayd etish joiz, aktyor Robert De Niro oltinchi, Leonardo Di Kaprio esa  o‘ninchi marotaba rejissyor Martin Skorsezening filmida rol ijro etmoqda.

“Paramount Pictures” va “Apple TV+” hamkorligida yaratilgan filmning umumiy byudjeti hozirda 225 million dollarni tashkil etmoqda.

E’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, film syujeti 1920 yilda Neft zaxirasini kashf etilishi ortidan boyib ketgan, so‘ngra fojia qurboni bo‘lgan “Oseydjey” hindular qabilasiga qotilliklarni fosh etish uchun yuborilgan Federal qidiruv byurosi xodimlari haqida hikoya qiladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, film premerasi 2022 yilning noyabr oylariga rejalashtirilgan.

“Shazam – 2”

2019 yilda “NL Cinema”, “DC Films” va “Warner Bros.” va kabi kompaniyalar hamkorligida ishlab chiqarilgan superqahramonlar haqida hikoya qiluvchi filmning yangi qismi. Shazam roli ijrochisi Zakari Livay o‘zbek tomoshabinlariga 2009 yilda ishlangan “Elvin va Burunduqlar” filmi orqali yaxshi tanish. Aslida “Shazam-2” filmi avvalroq ekranlarga chiqishi kerak edi. Ammo Covid-19 pandemiyasi ushbu filmning suratga olish jarayonlari ortga surilishiga sabab bo‘ldi. 

Film AQSHning Jorjiniya shtatida va Kanadaning Toronto shahrida suratga olingan. “Shazam-2”ning jahon premerasi shu yilning dekabr oyida bo‘lib o‘tishi belgilangan.

“Qora Adam”

“NL Cinema” va “DC Films” hamkorligidagi yana bir superqahramonlar haqida hikoya qiluvchi film. O‘zbekistonda “Havo marshali” va “Noma’lum” nomli filmlari ommalashgan rejissyor Jaume Kolet-Serra tomonidan suratga olingan “Qora Adam” nomli kinofilmda bosh qahramon Tet Adam obrazini Dueyn Jonson ijro etgan. Aslida Ted Adam 2019 yilda suratga olingan Shazam filmida Shazamning raqibi rolini ijro etishi kerak edi. Ammo, keyinroq ijodkorlar Ted Adam haqida alohida film suratga olishga qaror qilishadi. “Qora Adam” filmida 5000 yil umrini qamoqda o‘tkazgan antiqahramon o‘z kuchini xuddi shunday ismli sehrgar bilan baham ko‘radi.

Ushbu kinofilm premerasi 2022 yil 20 oktyabr kuni Ukrainada, 21 oktyabr kuni esa AQSHda bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

336

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing