Yil oxirigacha Belarusda 25 mlrd dollarlik import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqariladi
Olam
−
27 dekabr 2022
5190Belarus iqtisodiyot vaziri Aleksandr Chervyakov 2022 yil oxirigacha import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar o‘tgan yilga nisbatan 10 foizga ko‘p ishlab chiqarilishini va uning miqdori qariyb 25 milliard dollarni tashkil etishini aytdi. Bu haqda TASS xabar berdi.
“Yil oxiriga qadar 25 milliard dollarga yaqin import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqariladi, bu o‘tgan yilga nisbatan 10 foizga ko‘pdir”, deydi Chervyakov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, import o‘rnini bosish sanksiya bosimiga qarshi turishning asosiy mexanizmi va vositasi, sanoat ishlab chiqarishining harakatlantiruvchi kuchiga aylandi. Uning ta’kidlashicha, kelgusi yilda ham import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishga bo‘lgan e’tibor davom etadi.
"Birinchisi – integratsiya loyihalari. 1,5 milliard dollar ekvivalentidagi 20 ga yaqin integratsiya loyihalari allaqachon shakllantirilgan. Biz katta zaxiralarni ko‘rmoqdamiz. Bugun Rossiyada import o‘rnini bosuvchi 20 ga yaqin integratsiya dasturlari amalga oshirilmoqda, bunda bizning ishtirokimiz to‘liq bo‘lishi mumkin", deya qo‘shimcha qildi iqtisodiyot vaziri.
Vazir mahalliylashtirishni oshirish muhimligini ham qayd etgan.
“Biz aniq mahsulotlar bo‘yicha 170 dan ortiq “yo‘l xaritasi”ni shakllantirdik, ularda 2025 yilgacha mahalliylashtirishni oshirishimiz kerak”, deydi u.
Shuningdek, Chervyakovning aytishicha, mahalliy xomashyodan foydalanish yo‘nalishida zaxiralar mavjud.
"Biz zig‘ir, yog‘och, terini qayta ishlashga katta e’tibor qaratdik. Qayta ishlashni esa yanada chuqurlashtirishimiz kerak", deya ta’kidladi Chernyakov.
Vazir yana bir yo‘nalish kichik biznesni yirik korxonalar bilan hamkorlikka jalb qilishga bog‘liqligini ta’kidladi. Avvalroq davlat rahbari tomonidan “kichik biznesni yirik korxonalar bilan hamkorlikka jalb etish, ular texnologik zanjirlarda yordam berishi” vazifasi qo‘yilgan edi.
Sohiba Komilovna
LiveBarchasi