Yil boshidan buyon O‘zbekistonda qancha egizak dunyoga kelgani ma’lum bo‘ldi
Jamiyat
−
14 dekabr 2022 3461 1 daqiqa
Joriy yilning yanvar-noyabr oylari (10 oy) davomida O‘zbekistonda 18230 nafar egizak chaqaloq tug‘ilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan ko‘rsatkichlar 1408 taga oshgan. Hududlar kesimida solishtirilganda Samarqand viloyati 2122 nafar egizak tug‘ilishi bilan reytingda yetakchilik qilmoqda.
10 oyda hududlar bo‘yicha tug‘ilgan egizaklar soni quyidagicha:
Qashqadaryo viloyatida – 1888 nafar;
Farg‘ona viloyatida – 1717 nafar;
Andijon viloyatida – 1676 nafar;
Namangan viloyatida – 1648 nafar;
Toshkent shahrida – 1616 nafar;
Surxondaryo viloyatida – 1546 nafar;
Toshkent viloyatida – 1431 nafar;
Buxoro viloyatida – 954 nafar;
Xorazm viloyatida – 899 nafar;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida – 888 nafar;
Jizzax viloyatida – 777 nafar;
Navoiy viloyatida – 579 nafar;
Sirdaryo viloyatida – 489 nafar.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda bir sutka davomida 2806 nafar chaqaloq dunyoga kelgani haqida xabar berilgan edi.
Ozoda Choriyeva
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr