Yil boshidan beri 5,5 mlrd so‘mlik gaz o‘g‘irlangani aniqlandi
Jamiyat
−
31 yanvar 2022
3621Joriy yil boshidan beri 215 ta holatda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi. Buning natijasida ta’minotchi korxonalarga 5,5 milliard so‘m zarar yetkazilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi neft maahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, “O‘zneftgazinspeksiya” tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvlar natijasida respublika bo‘yicha joriy yil boshidan beri 215 ta holatda ulgurji iste’molchilar tomonidan tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgan holatlari aniqlangan.
Buning natijasida gaz ta’minoti korxonalari manfaatlariga 5,5 mlrd so‘m zarar yetkazilgan, hisob-kitob qilingan gaz hajmi esa 4,9 mln metr kubni tashkil etgan.
Ushbu hajmdagi tabiiy gaz 280 000 ta xonadonning bir kunlik iste’molini tashkil etadi.
Aniqlangan barcha holatlar bo‘yicha tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etilgan.
LiveBarchasi