Yiqildi va o‘ldi – Farg‘ona IIBdan o‘ligi chiqqan yigit bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berildi

Jamiyat

image

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyati Quva tumani ichki ishlar bo‘limiga suhbat uchun olib kirib ketilgan 20 yoshli yigitning vafot etgani haqidagi xabarlar tarqalgan edi. O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi Matbuot kotibi holat yuzasidan rasmiy bayonot berdi. Shundan so‘ng Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati ham alohida bayonot bilan chiqdi.

Unda ma’lum qilinishicha, joriy yilning 2 aprel kuni Farg‘ona viloyati Quva tumani Qalinpo‘stin mahallasi bo‘ylab piyoda ketayotgan, 2001 yilda tug‘ilgan fuqaro A.A. yiqilib tushib, sog‘ligi yomonlashgani tufayli shifoxonaga olib borilgan. Ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan, fuqaro A.A. shu kuni vafot etgan.

Qayd etish kerakki, IIV Matbuot kotibining bayonotida yigitning yiqilib tushib vafot etgani to‘g‘risida hech narsa deyilmagandi.

Viloyat IIB xabariga ko‘ra, joriy yil 31 mart kuni Quva tuman IIB HPB profilaktika inspektorlari tumanning “Qalinpo‘stin” MFY hududida xizmat olib borayotgan paytida fuqaro A.A. karantin qoidalarini buzib, niqob taqmagan holda yurgani sababli to‘xtatilgan. A.A. shaxsi to‘g‘risida biror-bir ma’lumot taqdim etmagan.

So‘ng u shaxsiga oydinlik kiritish maqsadida Huquq-tartibot maskaniga olib borilgan.

Fuqaro A.A. sodir etgan huquqbuzarligini tushunib yetganini, moddiy tomondan qiynalganini ma’lum qilgani bois, otasi Yo.X. ishtirokida profilaktik suhbat o‘tkazilib, rasmiy ogohlantirilgan va otasi bilan birgalikda yashash xonadoniga ruxsat berilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Quva tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

2109

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing