Saxarov nomidagi mukofot Ukraina xalqiga topshirildi
Olam
−
19 Oktabr 2022
4513Yevroparlamentning Andrey Saxarov nomidagi “Fikr erkinligi uchun” mukofotining bu yilgi g‘oliblari Ukraina, uning xalqi va Prezident Vladimir Zelenskiy bo‘ldi.
“Mamlakat Prezidenti, saylangan yetakchilar va fuqarolik jamiyati vakili bo‘lgan jasur Ukraina xalqiga” nominatsiyasi mukofotga sazovor bo‘lgan.
Mukofotning o‘zi 14 dekabr kuni Strasburgdagi tantanali marosimda topshiriladi.
Yevroparlament Prezidenti Roberta Matsola bugungi kunda ukrainaliklar chin dildan ishonadigan qadriyatlar uchun kurashayotganini aytdi.
“Men uchun shuni aytishim muhimki, Prezidentlar konferensiyasi [Yevropa parlamenti boshqaruv organi – tahr.] bu masala bo‘yicha konsensusga erishdi. O‘tgan to‘qqiz oy davomida Yevroparlament va butun dunyo ukrainaliklar qanday qahramonlik ko‘rsatganini ko‘rdi. O‘tgan to‘qqiz oy davomida Yevroparlament va butun dunyo ukrainaliklar o‘z vatanini, ozodligini, uy-joy va oilalarini qahramonlarcha himoya qilayotganini ko‘rdi. Ammo Ukraina xalqi ham biz ishonadigan qadriyatlarimiz: erkinlik, demokratiya va qonun ustuvorligini himoya qilish uchun Yevropa uchun o‘z hayotlarini xavf ostiga qo‘ymoqda”, deydi u.
Unga ko‘ra, bu mukofotga Ukraina xalqidan boshqa hech kim loyiq emas.
“U frontda jang qilayotgan, qochishga majbur bo‘lgan, qarindoshlari va do‘stlarini yo‘qotgan ukrainaliklarga atalgan. O‘zlari ishongan narsa uchun kurashadigan barchaga. Bilaman, Ukrainaning jasur xalqi taslim bo‘lmaydi. Biz ham taslim bo‘lmaymiz”, deydi Roberta Matsola.
LiveBarchasi