Yevroparlament rahbari vafot etdi 

Olam

image

Yevroparlament raisi Devid Sassoli 66 yoshida Italiyada vafot etdi. Bu haqda uning Matbuot kotibi Roberto Kuillo ma’lum qildi.  

Uning aniqlik kiritishicha, siyosatchi va jurnalist Aviano onkologiya markazida 01:15 (Toshkent vaqti bilan 05:15) da vafot etgan. 

O‘tgan yilning 26 dekabr kuni Sassoli immunitet tizimining disfunksiyasi tufayli yuzaga kelgan og‘ir asorat oqibatida shifoxonaga yotqizilgan. 15 dekabr kuni siyosatchi Yevroparlament raisligiga o‘z nomzodini qayta ko‘rsatmasligi ma’lum bo‘lgan. 

Ma’lumot o‘rnida, Sassoli 1956 yil 30 mayda Florensiyada tug‘ilgan. Jurnalistlik faoliyatini Rimning “Il Tempo” gazetasi tahririyatida boshlagan, keyin katoliklarning “Asca” axborot agentligi va “Il Giorno” gazetasida ishlagan. 

1992 yilda u Italiyaning “Rai” davlat televideniyesiga yangiliklar muxbiri sifatida qo‘shilgan. 1996 yildan u bir nechta mashhur teledasturlarning boshlovchisiga aylangan. 2007 yilda “Rai — Tg1” kanali yangiliklar xizmati bosh muharriri o‘rinbosari etib tayinlangan. 

Sassoli katta siyosatga 2009 yilning yozida, Demokratik partiya ro‘yxatlari bo‘yicha Yevroparlament a’zosi etib saylanganida kirib kelgan. U YePdagi Demokratik partiya delegatsiyasiga boshchilik qilgan. 2014 yilda Yevroparlamentga qayta saylangan va shundan keyin Sassoli besh yil davomida rais o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan. 2019 yil may oyidagi saylovlar natijasida u uchinchi marta Yevroparlament deputati, 3 iyulda esa Yevropa parlamenti rahbari bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

EP Sassoli

Baholaganlar

98

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar