Yevroparlament Eron Inqilobiy gvardiyasini terrorchi tashkilot ro‘yxatiga qo‘shishni so‘radi

Olam

image

Yevropa parlamenti kecha, 18 yanvar kuni Yevropa Ittifoqidan Eron Inqilobiy Gvardiyasi (IRGC)ni terrorchi tashkilotlar ro‘yxatiga kiritishni so‘ragan. Bu haqda “Reuters” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, Yevropa qonunchilari Eronni namoyishlarni kuch bilan bostirishda va Rossiyaga uchuvchisiz samolyotlar yetkazib berishda ayblaydi. 

Shuningdek, Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar va Tehron o‘rtasidagi aloqalar so‘nggi oylarda yadroviy muzokaralarni jonlantirish harakatlari to‘xtab qolgani sababli ham yomonlashgan. YeI Tehron tomonidan bir necha yevropalik fuqaroni hibsga olingani, namoyishchilarni zo‘ravonlik bilan bostirish davom etayotgani va hattoki ularni qatl qilayotganini tanqid qilmoqda.

“Yevropa Parlamenti Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi tomonidan Mahsa Aminining zo‘ravonlik bilan hibsga olinishi, haqoratlanishi va vafot etishi ortidan o‘tkazilgan namoyishlarni shafqatsizlarcha bostirishni qoralaydi”, deyiladi  Parlament a’zolarining aksariyati tomonidan qo‘llab-quvvatlangan qonun matnida.

Ma’lumki, Yevroparlament Yevropa Ittifoqini IRGC'ni o‘z ro‘yxatiga qo‘shishga majburlash huquqiga ega emas. Ammo Polshaning konservativ deputati Anna Fotiga tomonidan taklif qilingan rezolyutsiyaga kiritilgan tuzatish matni Tehronga siyosiy signal yuborishi aniq.

Alibek Beyjanov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing