Yevropaning eng qimmat asosiy tarkibga ega klublari e’lon qilindi

Sport

image

"CIES Football Observatory" ma’lumotlariga ko‘ra, “Manchester Siti”ning asosiy tarkibi Yevropa klublari orasida eng qimmati hisoblanadi.

Ma’lumot joriy mavsum  startidan 26 oktyabrgacha bo‘lib o‘tgan o‘yinlarga asoslanadi. Kuchli beshlikka, shuningdek, PSJ va yana uchta ingliz klubi kiritilgan: “Manchester Yunayted”, "Liverpul" va "Chelsi".

Asosiy tarkibi eng qimmat klublar:

1. “Manchester Siti” – 650 million yevro;

2. PSJ – 510 million yevro;

3. “Manchester Yunayted” – 479 million yevro;

4. "Liverpul" – 409 million yevro;

5. "Chelsi" – 392 million yevro;

6. "Arsenal" – 382 million yevro;

7. "Real Madrid" - 369 million yevro

8. "Barselona" – 333 million yevro;

9. "Yuventus" – 299 million yevro;

10. "Bavariya" – 294 million yevro.

Eslatib o‘tamiz, "Manchester Siti" joriy mavsum APLda 12 turdan keyin 29 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda.

Shaxzod Shukurov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

18

Reyting

2.6

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing