Yevropaning eng baland vulqoni uyg‘ondi (video)

Olam

image

Italiyaning Sitsiliya orolida Yevropadagi eng baland hisoblangan Etna vulqoni uyg‘ondi. Bu haqda “Rambler” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, vulqon 600 metrli olovli favvoralarni, shuningdek, sakkiz kilometr balanlikka kul va tutun ustunlarini otishni boshlagan.

Italiya milliy geofizika va vulqonologiya instituti (INGV) ma’lumotlariga ko‘ra, otilish vulqonning janubi-sharqiy kraterida sodir bo‘lgan. Vulqon otilishidan hosil bo‘lgan kul ustuni janubi-sharqiy yo‘nalishda harakatlanishi taxmin qilinmoqda. 

Ma’lumot o‘rnida, Etna 1 190 kvadrat kilometr maydonni egallaydi va faol bo‘lgan Vezuviy vulqonidan 2,5 barobar katta. Turli manbalarga ko‘ra, Etnaning ikki asosiy kraterdan tashqari, janubi-sharqiy va shimoli-sharqda 200 dan 400 tagacha lateral vulqon kraterlariga ega, o‘rtacha har uch oyda bir marta lava ularning biridan otilib chiqadi. Har 150 yilda bir marta Etna otilishi vulqon etagidagi aholi punktlaridan birining vayron bo‘lishiga olib keladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

131

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing