Yevropaga nafaqat Rossiya, balki tabiat xam qarshi chiqmoqda
Olam
−
03 avgust 2022
23807Rossiya tabiiy gazni bo‘g‘ib qo‘ygani sababli inflyatsiyaning kuchayishi fonida Yevropa so‘nggi o‘n yillikdagi eng yomon energiya ta’minoti inqiroziga duch kelmoqda. Yetmaganiga iqlim o‘zgarishi qit’aning inqirozi xavfini yanada kuchaytirmoqda. Bu haqda “Bloomberg” axborot agentligi yozmoqda.
Hukumatlar energiya inqirozi mintaqani tanazzulga olib kelishining oldini olishga harakat qilishiga qaramay, Reyn va Kaub daryolarida suv sathining keskin kamayib borayotgani yoqilg‘idan tortib, kimyoviy moddalargacha bo‘lgan mahsulotlar oqimini xavf ostiga qo‘ymoqda.
Shveysariyadan Shimoliy dengizgacha taxminan 800 milga cho‘zilgan Reyn daryosi yoqilg‘i, benzin, ko‘mir va boshqa tovarlarni yetkazib berish va eksport qilish uchun juda muhim yo‘l hisoblanadi. Ushbu daryoda suv sathi keskin kamayib, qurish xavfini oshirmoqda. Bu katta miqdordagi tovarlar savdosi to‘silishiga sabab bo‘ladi va oqibatda qit’ada iqtisodiy inqirozni bartaraf etish xavf ostida qoladi.
Facts Global Energy tashkilotining Yevropa nefti tahlilchisi Josh Foldsning ta’kidlashicha, “Transport uzilib qolgan temir yo‘l va avtomobil yo‘llari kabi muqobil yo‘llar tobora qimmatlashib borayotganligi sababli, Germaniya va Shveysariya uchun havo harorati sovib ketguncha benzin va dizelni zaxiralash qiyin bo‘ladi. Bu, ayniqsa, Rossiyadan benzin va dizel importi bilan bog‘liq vaziyatni hisobga olganda to‘g‘ri keladi”.
Qolaversa, 2 avgust kuni Germaniyaning Kaub daryosi (tovarlarni jo‘natish uchun asosiy yo‘nalish – tahr.)da suv sathi 2018 yildan beri eng past darajaga tushib ketdi. Dam olish kunlarigacha 47 santimetrga tushishi kutilmoqda. Germaniya Federal suv yo‘llari va dengiz transporti boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, hozir u 60 santimetrdan bir oz ko‘proq va 6 avgust kuni 47 santimetrga tushishi prognoz qilingan.
Past darajalar allaqachon savdo oqimlarini to‘xtatib, ichki Yevropaga yoqilg‘i barjalarini olib kirishini cheklagan.
Muhayyoxon Habibullayeva
LiveBarchasi