Yevropadagi eng yirik narkokartel yo‘q qilindi

Olam

image

Yevropa Ittifoqi politsiya xizmati (Yevropol) Yevropadagi eng yirik narkotik kartelini yo‘q qildi, bir necha o‘nlab gumonlanuvchilarni qo‘lga oldi va jami 30 tonna kokainni musodara qildi. Bu haqda tashkilotning bugun, 28 noyabr kuni e’lon qilingan axborotida aytiladi.

Ikki yildan ortiq davom etgan tergov va reydlar qatorida Ispaniya, Fransiya, Belgiya, Niderlandiya, Birlashgan Arab Amirliklari va AQSH huquqni muhofaza qilish idoralari ishtirok etdi. Maxsus xizmatlarning maqsadi giyohvand moddalar savdosi va pul yuvish bilan bog‘liq xalqaro jinoiy tarmoqni yo‘q qilish bo‘lgan, deb xabar beradi Interpol.

“Cho‘l nuri” operatsiyasi natijasida 8-19 noyabr kunlari 49 asosiy gumondor qo‘lga olindi: Belgiyada 10, Ispaniyada 13, Niderlandiyada 14, Fransiyada 6 va BAAda 6 kishi. Yevropol ma’lumotlariga ko‘ra, tugatilgan kartel ma’lum turdagi narkotiklar yetkazib berish bo‘yicha Yevropa bozorining uchdan bir qismini nazorat qilgan.

Giyohvand moddalar va giyohvandlik bo‘yicha Yevropa monitoring markazi 2022 yilgi hisobotida moddalarni ishlab chiqarish va savdosi mintaqadagi eng muhim muammolardan biri bo‘lib qolayotganini qayd etgandi. 2020 yilda Markaz ma’lumotlariga ko‘ra, Yevropa Ittifoqida rekord miqdordagi 213 tonna kokain musodara qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

265

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing